O‘runov, Sergeev va Ashurmatov vodiý klublariga yo‘l olmoqda, Masharipov va Hamrobekov esa sobiq jamoasiga qaytishi mumkin
Eron klublarida to‘p tepayotgan o‘zbekistonlik futbolchilar faoliyatini Superliga jamoalarida davom ettirishga yaqin turibdi. Bu haqida SPORTS.uz jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, Oston Urunov “Andijon” bilan muzokaralarni deyarli yakunlagan. Jaloliddin Masharipov esa “Paxtakor” variantini ko‘rib chiqmoqda. Shuningdek, Odil Hamrobekov “sherlar” safiga qo‘shilishi mumkin, ammo futbolchida boshqa takliflar ham mavjud.
Rustam Ashurmatovning “Navbahor”ga o‘tish ehtimoli yuqori bo‘lib, unga OKMK jamoasidan ham qiziqish bor.
“Neftchi” esa Igor Sergeevni o‘z safiga qo‘shib olish arafasida. Futbolchi va klub o‘rtasida kelishuvning yakuniy bosqichi boshlangan.
Ma’lumot uchun, Erondagi siyosiy vaziyat sabab ichki chempionat vaqtincha to‘xtatilgan.

Fikrlar