O‘runov bo‘yicha muhim yangilik!

  • 15 aprel, 2021, 09:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya premer-ligasidagi yagona legionerimiz Oston O‘runovning legioner sifatidagi faoliyati bir tekis ketmayapti. O‘tgan mavsumda Toshkentning “Lokomotiv” jamoasidan “Ufa” ko‘chib o‘tganidan keyin Rossiya chempionatidagi kerativ o‘yini bilan ko‘plab mutaxassislar va muxlislarning e’tiborini qozongan yosh yarim himoyachimiz yozda “Spartak”ga ko‘chib o‘tgandi.

Tecno

Xabaringiz bor, Oston O‘runov “Spartak” jamoasida o‘ynab keta olmadi. Bunga ob’ektiv va sub’ektiv sabablar etarli.

Biz uchun ahamiyatlisi esa, O‘runov 2022 yili Qatarda bo‘ladigan jahon chempionatiga chiqish uchun kurashayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi ekani. Murabbiylar ham, muxlislar ham uning mamlakatimiz bosh jamoasida etakchilardan biriga aylanishini kutmoqda.

Aslida terma jamoamiz tarixiga nazar solsak, etakchi futbolchilar asosan maydon markazida to‘p tepganini ko‘rishimiz mumkin. Bunga Mirjalol Qosimov, Server Jeparov va Odil Ahmedovni misol qilsa bo‘ladi. Terma jamoamizning ayni paytdagi etakchisi va sardori Odil Ahmedovning ham yoshi o‘tib bormoqda. Aynan mana shu omil Oston O‘runovning yaqin kelajakda terma jamoada muhim o‘rin egallashi va etakchilik rolini Odildan qabul qilib olishi kerakligini ko‘rsatib turibdi.

IMG_9513

Oston O‘runov “Spartak” zaxirasida imkoniyatini kutib o‘tirishdan ko‘ra, “Ufa”ga qaytib o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni ma’qul ko‘rdi. Uning bu qarorini ko‘plab mutaxassislar qo‘llab-quvvatladi. Har holda ufaliklar safida ancha faol o‘ynay boshladi va premer-ligada beshta uchrashuvda maydonga tushdi.

Hozir ko‘pchilikni premer-liganing 26-turidan o‘rin olgan “Spartak” va “Ufa” o‘rtasidagi uchrashuv qiziqtirib turibdi. Bu o‘yin legionerimiz uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Xo‘sh, asli “Spartak”ga tegishli bo‘lgan va “Ufa”ga mavsum oxirigacha ijaraga berilgan Oston O‘runov bu o‘yinda ishtirok etish huquqiga egami?

Bu savolga Oston O‘runovni o‘zi bilan “Spartak”ga olib kelgan va keyinchalik xuddi u kabi “Ufa”ga qaytgan bosh direktor Shamil Gazizov oydinlik kiritdi.

- “Spartak” bilan O‘runov ijarasi bo‘yicha kelishuvda futbolchining ularga qarshi o‘ynamasligi borasida hech qanday band yo‘q. Demak, Oston bo‘lajak bellashuvda maydonga tushishiga hech qanday to‘siq yo‘q, - dedi Shamil Gazizov.

“Spartak” va “Ufa” o‘rtasidagi o‘yin bo‘yicha yana bir muhim yangilikni taniqli menejer Yuriy Belous e’lon qildi. Ma’lumki, bu mutaxassis O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov bilan do‘stona aloqalarga ega va o‘zbek futbolchilarini Rossiya klublarga joylash harakatida ekanini ko‘pchilik yaxshi biladi.

IMG_8700

Yuriy Belousning aytishicha, Moskvada bo‘ladigan “Spartak” va “Ufa” uchrashuvida Oston O‘runovning o‘yinini bevosita kuzatish uchun Vadim Abramov tashrif buyuradi.

- Vadim Abramov Minskda bo‘ldi va O‘zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod bo‘lgan futbolchilardan birining o‘yinini kuzatdi. Shanba kuni “Spartak” va “Ufa” o‘rtasidagi o‘yinga kelib, Oston O‘runovni kuzatishni rejalashtirgan. Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Stanislav Cherchesov ham nomzodlarni kuzatish uchun xorijdagi o‘yinlarga boradi. Abramov Ostonning o‘zi va o‘yini qay darajada ekanini bilmoqchi. Televizordan tomosha qilish va stadiondan bevosita kuzatish o‘rtasida katta farq bor, - dedi Yuriy Belous.

Vadim Abramov Oston O‘runovni yaqinda Namangan va Toshkentda bo‘lgan Gana va Iroq terma jamoalariga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvlariga taklif qilgandi. 20 yoshli yarim himoyachimiz har ikki bahsda maydonga tushdi va o‘z hisobiga bitta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

“Yuve” nishonidagi Shomurodov raqobatga dosh berolmayapti!

Vadim Abramov to‘purar legionerimiz o‘yinini ko‘rgani Evropaga bordi! (foto)

"Ko‘p gol ursam, Abramov termaga chaqiradi!"

Murabbiy Evropaga ketmoqchi bo‘layotgan Umarovning xarakterini “sindirmoqchi”!

 To‘purar legionerni terma jamoaga chaqirsak bo‘lmaydimi?

 O‘runov yangi ustoz qo‘l ostiga o‘tadi!

“Spartak”ga alam qilsin! Gazizov O‘runovni nima qilmoqchi ekanini aytdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!