O‘runov jamoasi RPL pley-offida kim bilan kuch sinashadi? (Foto)

  • 23 may, 2022, 10:12
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Oston O‘runov jamoasi RPLdagi o‘rnini saqlab qolish uchun pley-offda FNL (Rossiya 2-darajali ligasi)ning 3-o‘rin sohibi bilan kuch sinashadi. Bu "Orenburg" klubiga qarshi bahs bo‘ladi.

Tecno

Bellashuv uy va safar tizimida bo‘lib o‘tadi. Dastlab, legionerimiz klubi "Orenburg" maydoniga safar uyushtiradi. Bu bahs 25 may sanasiga belgilangan. 

3 kun o‘tib, Boshqirdiston jamoasi "Orenburg"ni o‘z uyida qabul qiladi. Ushbu ikki o‘yin natijasiga ko‘ra g‘olib bo‘lgan klub Rossiya chempionatida qatnashish huquqini qo‘lga kiritadi. 

pley_1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!