O‘runovning bosh murabbiyi "Sochi"ga boy berilgan o‘yindan so‘ng nimalar dedi?
Rossiya Premer-ligasi 18-turidan o‘rin olgan "Sochi" - "Spartak" uchrashuvi mezbonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi. Uchrashuvdan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanida moskvaliklar ustozi Domeniko Tedesko quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:
"Biz yaxshi o‘ynadik va golgacha uchrashuv strukturasini ushlab turdik. Keraksiz joyda to‘pni oldirib qo‘yishlarni kechirib bo‘lmaydi! Afsus... Ammo bizda mana shu kabi xatolardan xulosa chiqarishi lozim bo‘lgan yosh jamoa bor.
Vaziyatlar etarlicha bo‘ldi. Ayniqsa, birinchi taymda. Gol o‘tkazib yuborgach, stsenariyni boy berdik. Yigitlar bor kuchi bilan harakat qildi, lekin o‘xshamadi. Biz 2 yoki 3 ta gol urishimiz va yutkazmasligimiz kerak edi", - dedi nemis mutaxassisi.
Fikrlar