O‘runovning jamoadoshi: Faqat ahmoq odamgina koronavirusdan qo‘rqmaydi
“Ufa” klubi darvozaboni Aleksandr Belenov dunyo bo‘ylab chegara bilmayotgan koronavirus haqida gapirib o‘tdi.
“Bu vaziyat hech kimni befarq qoldirolmaydi. Faqatgina ahmoq odam koronavirusdan qo‘rqmasligi mumkin”, - deydi Belenov.
Eslatib o‘tamiz, “Ufa” safida hamyurtimiz Oston O‘runov to‘p suradi. Jamoa bugun Moskvada TsSKA bilan durang qayd etdi.

Fikrlar