O‘runovning jamoasida hamma sog‘ chiqdi
“Ufa” klubi jamoa a’zolarini koronavirusga qarshi testdan o‘tkazishni davom ettirmoqda.
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, jamoa futbolchilari, murabbiylari va xodimlarining 4-marta topshirgan testdan so‘ng ma’lum bo‘ldki, ular orasida birorta ham Covid-19 yuqtirganlar yo‘q.
“Ufa” safida hamyurtimiz Oston O‘runov ham mashg‘ulotlarda faol ishtirok etmoqda. Ular “Neftyanik” stadionida shug‘ullanishmoqda.

Fikrlar