O‘runovning jamoasida uch futbolchi koronavirusga gumon qilinmoqda

  • 12.07.2020 17:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Rossiya premer-ligasining 8 iyul kuni bo‘lib o‘tgan 27-turida “Rostov” jamoasi maydonida o‘ynagan “Ufa” jamoasining uch nafar futbolchisi koronavirusga gumon qilinmoqda.

- Uchrashuv oldidan barcha futbolchining testi manfiy natija bergandi. Lekin o‘yindan keyin shanba kuni olingan testlar yakuniga ko‘ra, kamida uch futbolchida koronavirusga gumon paydo bo‘ldi, - deydi ommaviy axborot  vositalariga xabar bergan klubdagi manba.

Musobaqa jadvalida oltinchi o‘rinda borayotgan “Ufa” bugun safarda “Lokomotiv” futbolchilari bilan kuch sinashishi lozim.

O‘runov “Spartak”ni kuchaytira oladimi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!