Osimxen Flik ko‘rigidan o‘tolmadi. Nemis murabbiy "Barsa"ga boshqa forvardni tavsiya qildi

  • 15.10.2026 08:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik hali ham jamoaga markaziy hujumchi qo‘shib olish tarafdori. Seshanba kuni u «Galatasaray» safida harakat qilayotgan Viktor Osimxen o‘yini sinchiklab kuzatdi. Ammo nemis mutaxassisi nigeriyalik forvard hozirgi tarkib salohiyatini sezilarli oshira olmasligi haqida xulosaga kelgan.

Kataloniya klubiga kelgusi yillar uchun ishonchli hujumchi kerak. Shu bois matbuotda «Barselona» nomi Xulian Alvares va Erling Xoland kabi yulduzlar bilan bog‘lanmoqda. Biroq Flik diqqat markaziga boshqa futbolchini olgani aytilmoqda. Bu haqida  El Nacional o‘z manbasiga tayanib xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Flik katta miqdorda mablag‘ni yangi forvardga sarflashni maqsadga muvofiq deb bilmayapti. Uning fikricha, hujum chizig‘ida Rafinyaning yorqin o‘yini, shuningdek tarkibda Gabriyel Jezus va Xamza Abdalkarim kabi futbolchilarning mavjudligi transferda ehtiyojni biroz kamaytiradi.

«Hozir ko‘pchilik Alvares va Xoland haqida gapiryapti – ular asosiy nomzodlar sifatida ko‘rilmoqda. Ammo nemis murabbiyi Joan Laporta va Dekuga boshqa uslubdagi o‘yinchiga e’tibor qaratishni tavsiya qilmoqda. Flik yosh, istiqbolli va elita darajasida o‘zini ko‘rsata olgan futbolchini olib kelishni ma’qul ko‘ryapti. Shu jihatdan Hansining diqqatini Eli Junior Krupi tortdi», – deb yozadi ispan nashrlari.

Flikning fikricha, «Bornmut» tarkibida to‘p surib kelayotgan 20 yoshli Eli Junior Krupi katta salohiyatga ega. Transfermarkt portali yoshlari o‘rtasidagi Fransiya terma jamoasi a’zosi bo‘lgan bu futbolchining bozor qiymatini 70 million yevro atrofida baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!