Osimxen kelsa, PSJ ikki yulduzidan voz kechadi

  • 13 iyul, 2024, 18:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Kilian Mbappening o‘rniga ko‘p gol ura oladigan hujumchi qidirayotgan PSJ Viktor Osimxen variantida to‘xtadi.

Agar parijliklar “Napoli” forvardini qo‘lga kiritadigan bo‘lsa, o‘zining hujumkor o‘yinchilaridan birini sotib yuborishiga to‘g‘ri keladi.

Jurnalist Bek Jeykobsning aniqlashicha, PSJ Randal Kolo Muani va portugaliyalik legioner Gonsalu Ramush xizmatidan voz kechishi mumkin. Murabbiylar shtabi Ramushning klubda qolishi tarafdori. Chunki portugaliyalik hujumchi bosh murabbiy Luis Enrike qo‘llayotgan taktik sxemalarga har tomonlama mos tushadi.

Kolo Muani esa, moliyaviy jihatdan mo‘may daromad keltiradigan aktiv hisoblanadi. Uning transferidan keladigan daromad Osimxenni olish xarajatlarini qoplashga yo‘naltiriladi.

Neapolliklar o‘z hujumchisini 130 million evroga baholamoqda. PSJ vakillaridan Randal Kolo Muani 45 va Gonsalu Ramush 50 million evro turadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!