Osimxen top-klub uni qanday aldaganini aytdi

  • 18.02.2026 07:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Ayni paytda Turkiya Superligasida “Galatasaroy” klubi sharafini himoya qilayotgan nigeriyalik hujumchi Viktor Osimxen Italiyanning “Napoli” klubini tark etishiga sabab bo‘lgan omillar haqida gapirdi.

Uning aytishicha, klub rahbariyati unga bergan ayrim va’dalarini bajarmagan.

- Bunday holat yuz berganidan afsusdaman. Ayniqsa, klub rahbariyatidan hech qanday tushuntirish ololmagan muxlislar uchun juda achinaman. Ayrim fanatlar nima bo‘lganini so‘rash uchun hatto uyimgacha kelishgan.

Aytişim kerakki, tik-tokda o‘sha videolar chiqarilganidan keyin oramizda nimadir uzildi. Har kim xato qilishi, penalti­ni ura olmasligi mumkin. Bu futbolchi ustidan kulgi qilish uchun sabab emas. Meni irqiy asosda haqorat qilishdi, holbuki klub rahbariyati bunday bo‘lmasligini va’da qilgan edi.

Rahbariyat men ketmoqchi ekanimni bilganidan keyin menga huddi itga o‘xshab munosabatda bo‘lishdi, - dedi Viktor Osimxen.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!