
Osimxen uchun 120 million evro tikadigan klub topildi
“Napoli” hujumchisi Viktor Osimxen faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirish imkoniyati paydo bo‘ldi.
Il Matino nashrining ma’lum qilishicha, “Al-Ahli” klubi nigeriyalik forvard uchun 120 million evro tikishga tayyor.
Aslida Viktor Osimxen jamoasini alishtirishni rejalashtirayotgan edi. 25 yoshli to‘purar Evropaning grand klublaridan taklif kutyapti.
Aksiga olib, grand klublar “Napoli” so‘rayotgan mablag‘ni berishga tayyor emas.
Garchi saudiyaliklar katta mablag‘ tikayotgan bo‘lsa-da, bu transfer amalga oshishi dargumon. Chunki birinchi navbatda, Viktor Osimxenni Evropani tark etishga ko‘ndirish talab etiladi.
Fikrlar