Osiyo chempionati (U-23). O‘zbekiston BAAni engsa, yarim finalda kim bilan o‘ynashi ma’lum bo‘ldi

  • 18 yanvar, 2020, 17:33
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Dastlabki uchrashuv mezbon Tailand hamda Saudiya Arabistoni olimpiya terma jamoalari o‘rtasida kechdi. "Thammasat" stadionida kechgan bellashuvda saudiyaliklar minimal hisobda zafar quchishdi.

Bahsdagi yagona gol 77-daqiqada Al Hamdan tomonidan penaltidan kiritildi. Shu tariqa ular yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi. Qayd etish joiz, ertaga bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston va BAA olimpiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin g‘olibi final uchun Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
BBS UZB
18/01/2020 20:28
UZBEKISTON U-23 YIGITLARI KUCHNI AQL BILAN TAQSIMLANG, SHUNDA MAQSADGA ERISHAMIZ!