Osiyo chempionati. 3 nafar hamyurtimiz yarim final masalasini hal qildi!

  • 04.04.2026 16:20
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks

Moʻgʻulistonning Ulan-Bator shahrida davom etayotgan Osiyo chempionatida chorak final bahslari boʻlib oʻtyapti.  Bugun 5 nafar vakilimizning jangiga guvoh boʻldik.

-65 kg vazn toifasidagi vakilimiz Feruza Abdulalimova shimoliy koreyalik Xe Sun Xvanga qarshi bahs yuritdi va afsuski ikkinchi raundda texnik nokaut bilan imkoniyatni boy berib qoʻydi.

-65 kg dagi yana bir sportchimiz Abdulloh Madaminov Hindiston vakili Pratap Yadav bilan kurash olib bordi. Hind bokschisi jiddiy qarshilik koʻrsatishga harakat qilib koʻrdi. Biroq kuchli bosim va tezkor harakatlari evaziga Madaminov gʻalaba qozondi. Yakuniy hisob 5:0. Abdulloh yarim finalda!

-75 kg vazndagi hamyurtimiz Aziza Zokirova chorak finalda yaponiyalik Naoko Kasaharaga qarshi ringga koʻtarildi. Jang mobaynida katta ustunlikka erishgan Zokirova raqibasiga hech qanday imkoniyat qoldirmagan holda, 3 raundda texnik nokaut bilan gʻalaba qozonib, yarim finalga yoʻl oldi!

-60 kg vaznda bokschimiz Abdurahmon Mahmudjonov Iordaniya vakili Muhammad Abuga qarshi chorak final bahsini oʻtkazdi. Vakilimiz ushbu jangda ajoyib "master-klass" oʻtab berdi va 5:0 hisobida zafar quchib, yarim final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi!

+90 kg vazn toifasidagi vakilimiz Arman Mahanov qozogʻistonlik jahon chempioni Aybek Oralbayga qarshi ringga koʻtarildi. Mahanov jiddiy raqibga qarshi astoydil harakat qildi. Biroq, bu gʻalaba uchun yetarli boʻlmadi va yakunda 1:4 hisobida imkoniyatni boy berib qoʻydi.

Bu haqida Oʻzbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!