Asosiy mazmunga oʻtish

Boks

Osiyo chempionati. 4 nafar bokschi qizimizning final janglari yakunlandi!

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

4 nafar bokschi qizimiz final janglarini o‘tkazdi.

Xabaringiz bor, Tailandning Bangkok shahri 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilar va yoshlar o‘rtasi(U-19) da Osiyo chempionatiga mezbonlik qilmoqda.

Bugundan boshlab final janglari start oldi. Birinchi kunda Yoshlar (U-19) jamoalari oltin medal uchun o‘z bahslarini o‘tkazyapti. 

Hozirgina bokschi qizlarimiz ishtirokidagi final janglari yakunlandi.

Oltin medal. -60 kg vaznda Sevara Mamatova hindistonlik Vini ustidan 5:0 hisobida g‘alaba qozondi;

Kumush medal. -70 kg da bo‘lib o‘tgan finalda, Rayhona Qurbonboeva Xitoy vakilasi Abudureyimu Alimiredan 0:5 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Oltin medal. +80 kg vaznda Sobiraxon Shaxobiddinova hindistonlik Parchi Tokasni 5:0 hisobida engib, to‘rtinchi bor Osiyo chempioniga aylandi;

Kumush  medal. -48 kg da Maftuna Musurmonova ochkolar evaziga mezbon sportchi Chiranan Dapphonhanga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Birozdan so‘ng U-19 terma jamoamiz yigitlari oltin medal uchun ringga ko‘tariladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q