Osiyo chempionati. Ikki bokschimiz finalda, yana ikki nafari esa bronza medali bilan musobaqani yakunladi
Moʻgʻilistonning Ulan-Bator shahrida davom etayotgan boks boʻyicha kattalar oʻrtasida Osiyo chempionatining yarim final bahslari bugundan start oldi.
Kun davomida 4 nafar bokschimizning janglariga guvoh boʻldik.
-70 kg vazn toifasida yarim finalda ringga koʻtarilgan vakilamiz Oysha Toirova hindistonlik Arundhati Choudhariga qarshi ringga koʻtarildi. Hamyurtimiz imkon qadar harakat qildi. Biroq Hindiston vakilasi ushbu gʻalabani oʻz tomoniga oʻgdirа oldi. Yakuniy hisob 1:4. Toirova bronza medali bilan musobaqani yakunladi.
-75 kgda vakilamiz Aziza Zokirova Osiyo chempionatining birinchi raqamda saralangan bokschisi hindistonlik Lovlina Borhain bilan bahs yuritdi. Ushbu jangda Zokirova tajribali raqibasiga hech qanday imkon qoldirmadi – 5:0.
+80 kg vaznda Oltinoy Sotimboeva qozogʻistonlik Dina Islambekovaga qarshi ringga koʻtarildi. Sotimboeva "Strandja" turniri yarim finalida ushbu raqibasini 3:2 hisobida magʻlub etgandi. Bu safar esa, afsuski 0:5 hisobida imkoniyatni boy berib qoʻydi va Osiyo chempionatining bronza medali bilan cheklаndi.
-65 kg vazn toifasidagi sportchimiz Abdulloh Madaminovga yarim final bosqichida yaponyalik Shion Nishiyama raqiblik qildi. Qiziqarli kechgan qarama-qarshilikda Madaminov katta ustunlikka erishdi va 5:0 hisobida gʻalaba qozonib, finalga yoʻl oldi.
Bu haqida Oʻzbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.
Fikrlar