Osiyo chempionati. Ikkinchi kuni ikkita medalga ega chiqdik

  • 17.04.2026 17:09
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Dzyudo
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xitoyning Ordos shahrida o‘tkazilayotgan dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining ikkinchi kungi bahslari yakuniga yetdi.

Bugungi bellashuvlar yakunida 1 ta kumush va 1 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldik. -70 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Shirinjon Yo‘ldosheva qo‘lidagi jarohatiga qaramay, finalda tatamiga chiqdi va terma jamoamizga kumush medalni taqdim etdi. 

Yarim finalda aynan Shirinjon Yo‘ldoshevaga yutqazgan Xurshida Razzoqberdieva bronza medalini qo‘lga kiritdi. U Xitoy Taypeyi vakilasi Yu-Jung Liaodan ustun ekanini amalda isbotladi.  

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi ikki kunlik bellashuvlar yakuniga ko‘ra 3 ta kumush, 2 ta bronza medaliga egalik qilmoqda. Ertaga og‘ir vazn toifalarida medallar uchun kurash kechadi. 

Kumush medallar:
-48 kg: Laziza Haydarova
-52 kg: Sita Kadambaeva
-70 kg: Shirinjon Yo‘ldosheva 

Bronza medallar:
-60 kg: Samariddin Qo‘chqorov 
-70 kg: Xurshida Razzoqberdieva

Bu haqida O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!