Osiyo chempionati. O‘zbekiston dastlab Janubiy Koreya, keyin Avstraliya bilan kuch sinashadi. Oxirgi turda esa...

  • 18 iyun, 2020, 12:13
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Bir necha daqiqa avval OFK shtab-kvartirasida o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tecno

Shu yilning kuzida Bahraynda o‘tkaziladigan chempionatning guruh bosqichida kimlar o‘rin olgani ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra terma jamoamiz S guruhidan o‘rin oldi.

Hamyurtlarimiz dastlabki turni Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi. Ikkinchi o‘yinda Avstraliya bilan kuch sinashadi. Guruhdagi oxirgi uchrashuv Hindistonga qarshi o‘tadi.

photo_2020-06-18_12-02-26 (2) 

Ma’lumot o‘rnida, bu yilgi o‘smirlar o‘rtasidagi qit’a birinchiligi 16 sentyabr - 3 oktyabr kunlari Bahraynda o‘tishi rejalashtirilgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Asliddin Usmonov
18/06/2020 12:30
Йигитларга омад биз ишонаверамиз чунки футболни ватанимизни севамиз умид киламиз!!!
&
darwesh
18/06/2020 12:23
Охирги турда эса фарки колмайди. Чунки чиколмаймиз