
Osiyo Chempionlar ligasi. "Paxtakor"ning ilk raqibi "Sepaxon"! Uning tarkibida kimlar bor?
“Osiyo Chempionlar ligasi-2022” guruh bosqichini “Paxtakor” jamoasi 7 aprel, payshanba kuni Eronning "Sepaxan" jamoasiga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.
Saudiya Arabistonining Burayda shahrida markazlashgan holda o‘tkaziladigan guruh bosqichining 1-turida "Sherlar" mezbon sifatida maydonga tushishadi.
“Paxtakor” matbuot xizmaning xabar berishicha, ushbu jamoa bilan 2010 yilgi guruh bahslarida to‘qnash kelingan. Isfaxonda raqib 2:0 hisobida zafar quchgan bo‘lsa, Toshkentda Gevorkyan va Geynrix tomonidan urilgan yagona gol jamoamizga yutuq keltirgan.
Ushbu o‘yin jamoamiz uchun katta ahamiyat kasb etadi. Ilk o‘yinda g‘alaba qozonish orqali guruhdagi holatimizni yaxshilab olishimiz mumkin. "Sepaxan"ni ushbu klub va Eron terma jamoasidagi o‘yinlari orqali mashhur bo‘lgan Muharram Navidkiya boshqarmoqda. Isfaxon jamoasi 5 marta Eron chempioniga aylanib, 4 bor Eron Kubogida zafar quchgan. 2007 yil Chempionlar ligasi finalida o‘ynagan.
"Paxtakor" va "Sepaxan" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 7 aprel, payshanba kuni Toshkent vaqti bilan 22:15 da "Qirol Abdulloh" stadionida boshlanadi.
"Sepaxan"ning OChL uchun tarkibi
Darvozabonlar
Kristofer Knett (Avstriya)
Ali Kayhusrovi
Hojjat Sedg‘i
Muhammadrizo Mazaheri
Himoyachilar
Muhammad Najod
Izatulloh Purqaz
Davud Rajabi
Saman Ranjbar
Giorgi Gvelesiani (Gruziya)
Muhammadrizo Mahdizoda
Yarim himoyachilar
Mas’ud Riki
Farshad Buruki
Arya Yusufi
Omid Nurafkan
Milad Jahoni
Muhammad Karimi
Amir Mohkamkar
Hassan Shushtari
Surush Rafeyi
Yasin Salmani
Hujumchilar
Saidmuhammad Hussayni
Sajad Shahbozzoda
Daniel Ismoilifar
Jaloliddin Alimuhammadi
Shahriyor Mog‘anlu
Rizo Mirzayi
Fikrlar