Osiyo chempionlar ligasi. Sharqiy mintaqada pley-off bahslari avgustda bo‘lib o‘tadi
Osiyo chempionlar ligasi pley-off bahslari avgust oyida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda OFK rasmiy sayti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, pley-off o‘yinlari markazlashgan holda o‘tkaziladi va unga Yaponiya mezbonlik qiladi. Nimchorak final o‘yinlari 18 va 19 avgust kunlari, chorak final 22 avgustda va yarim final 25 avgustda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, g‘arbiy mintaqada pley-off o‘yinlari 3-dan 10 fevralga qadar bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan. Musobaqaning finali ikki bellashuvdan iborat bo‘lib, 19 va 26 fevral kunlari o‘tkaziladi.
Fikrlar