Osiyo kubogi . Bugun O‘zbekiston yarim final yo‘llanmasi uchun Eronga qarshi maydonga tushadi

  • 03.02.2026 08:04
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Mini-futbol

Indoneziya poytahti Jakarta shahriда futzal bo‘yicha Osiyo kubogi musobaqasi davom etmoqda. Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi chorak final bosqichi doirasida Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biri — Eron terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 11:00 da start oladi. Quyida chorak final bosqichi doirasidagi o‘yinlar ro‘yxati va ularning boshlanish vaqtlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin:

11:00 Eron – O‘zbekiston
13:00 Iroq – Tailand
15:00 Yaponiya – Afg‘oniston
17:00 Indoneziya – Vьetnam

Ma’lumot uchun, barcha bellashuvlar 3 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!