Osiyo kubogi. Nimchorak finalning dastlabki juftliklari ma’lum

  • 23 yanvar, 2024, 22:56
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo kubogi "S" guruhi 3-turidan o‘rin olgan Eron - BAA terma jamoalari o‘rtasidagi bahs yakunlandi. Bellashuvning 26 va 65-daqiqalarida Eron terma jamoasi sardori Mexdi Taremi tomonidan kiritilgan gollarga nominal mehmonlar safidan Yahyo Al-G‘assoni 90+3 daqiqada javob qaytardi. Shu tarzda, forslar guruhda yuz foizlik natija bilan pley-offga yo‘l oldi.  

Tecno

Shu tariqa, Osiyo kubogida 1/8 bosqichining dastlabki juftliklari aniqlandi. Qo‘shnilarimiz Tojikiston terma jamoasi BAA bilan o‘ynaydi. Ular o‘rtasidagi o‘yin 28-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.

Biz bilan bir guruhda o‘ynagan Ektor Kuperning Suriyasiga esa Eron raqiblik qiladi. Uchrashuv 31-yanvar kuniga belgilangan.

O‘zbekiston terma jamoasining nimchorak finaldagi raqibi kim bo‘ladi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!