Osiyo kubogi. O‘zbekiston chorak finalda Eronga mag‘lub bo‘lib, turnirni tark etdi
Indoneziya poytahti Jakarta shahrida futzal bo‘yicha Osiyo kubogi musobaqasi davom etmoqda. O‘zbekiston terma jamoasi chorak final bosqichida Eronga qarshi maydonga tushdi. Qiziqarli va shiddatli kechgan uchrashuv 6:4 hisobida forslarning g‘alabasi bilan yakunlandi.
O‘zbekiston terma jamoasi safida Ixtiyor Ropiev, Elbek To‘lqinov, Sunnatilla Jo‘rayev hamda Muzaffar Axadjonov gol muallifi bo‘lishdi.
Shu tariqa, Eron terma jamoasi yarim finalda Tailand — Iroq juftligi g‘olibi bilan bahs olib boradi.
Fikrlar