
Osiyo kubogi U-20. Avstraliya Qatar darvozasiga 9 ta gol urdi
Yurtimizda o‘tayotgan 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo Kubogining 3-tur o‘yinida Qatar terma jamoasi Avstraliyaga qarshi maydonga tushdi. Mazkur bellashuvda "yashil qit’a vakillari" 9:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Avstraliya safida gollarni Hassan Al G‘arib (avtogol), Kris Donell, Rafael Rodriges, Bernardo Oliveyra (dubl), Jonni Yul, Gabriel Popovich, Archi Gudvin hamda Aleksandr Badolato kiritdi. Qatarning yagona goli Mustafo Asar hisobiga qayd etildi.
Fikrlar