Osiyo oʻyinlari-2026: Oʻzbekiston bir kunda 9 ta medal oldi
O‘zbekiston terma jamoasi Aichi va Nagoya shaharlarida (Yaponiya) o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarining 11-kuni yakuni bo‘yicha to‘qqizta medalni qo‘lga kiritdi.
Yurtdoshlarimiz hisobiga yana ikki oltin, ikki kumush va beshta bronza medali yozildi. Sovrinlar dzyudo, grek-rim kurashi va boks turlarida qo‘lga kiritildi.
Oltin medallar egasi bo‘lgan sportchilar – 52 kilogramm vazn toifasida tatamiga chiqqan dzyudochi Sita Kadamboyeva hamda 67 kilogrammgacha bo‘lgan vaznda bellashgan yunon-rum kurashi vakili Aytjan Xalmaxanovdir.
Kumush medallarni esa 66 kilogrammgacha bo‘lgan vaznda ishtirok etgan dzyudochi Abdurahim Nutfulloyev va 130 kilogramm vazn toifasida kurashgan yunon-rum kurashi ustasi Rafael Tsitsuashvili qo‘lga kiritdi.
Uchta bronza medali bokschilar hissasiga to‘g‘ri keldi: 51 kilogrammgacha bo‘lgan vaznda Feruza Kazakova, 60 kilogramm vazn toifasida Sitora Turdibekova va 70 kilogrammgacha bo‘lgan vaznda Shavkatjon Boltaev uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Boks bo‘yicha sovrindorlarni taqdirlash marosimi 2 oktyabr kuni o‘tkaziladi.
Yana ikki bronza medaliga 60 kilogramm vazn toifasidagi dzyudochi Samariddin Qo‘chqorov hamda 87 kilogrammgacha bo‘lgan vaznda kurashgan yunon-rum kurashi vakili Jal‘gasbay Berdimurodov sazovor bo‘ldi.
11-kuni yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston umumjamoaviy hisobda to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. Terma jamoa hisobida jami 54 ta medal bor: 16 ta oltin, 19 ta kumush va 19 ta bronza.

Fikrlar