Osiyo oʻyinlari-2026: 16-oltin medalni kurashchimiz oldi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xususan, sport kurashlarining yunon-rum dasturida 67 kilogramm vazn toifasida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Aytjan Xalmahonov soʻnggi hal qiluvchi final bellashuvida yaponiyalik Kyotaro Sogabeni yengib, musobaqa gʻolibiga aylandi.

Yaponiyaning Aichi va Nagoya shaharlarida davom etayotgan Osiyo oʻyinlarining sport kurashlari boʻyicha bahslari polvonlarimiz uchun muvaffaqiyatli oʻtmoqda.

Bu orqali Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar 16 ta oltin, 17 ta kumush va 18 ta bronza, jami soni 51 taga yetdi.

Birozdan soʻng, yunon-rum kurashi boʻyicha final bellashuvida vakillarimizdan 130 kilogramm vazn toifasida Rafael Tsitsuashvili finalda eronlik Amin Mirzozoda bilan kuch sinashadi. 87 kilogramm vazn toifasida ishtirok etayotgan Jalʼgasbay Berdimurodov bronza medali uchun qozogʻistonlik Shamil Ojaevga qarshi gilamga chiqadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!