Osiyo oʻyinlari-2026: Bekmurod polvon medal oldi
Kurash qizgin kechdi
Yaponiyaning Aichi va Nagoya shaharlarida davom etayotgan XX Osiyo oʻyinlarining 27 sentabr kungi bellashuvlari kurashchilarimiz uchun muvaffaqiyatli oʻtmoqda.
Xususan, kurash boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari — +90 kilogramm vazn toifasida bahs olib borgan Shohruhxon Baxtiyorov va Bekmurod Oltiboev yarim final bosqichida oʻzaro toʻqnash keldi. Unda Shohruhxon Baxtiyorov gʻalaba qozonib, finalga yoʻl oldi. Bekmurod Oltiboev esa bronza medalga sazovor boʻldi.
Shu tariqa, Shohruhxon Baxtiyorov Osiyo oʻyinlari chempionligi uchun hal qiluvchi bahsda Tojikiston vakili Shakarmamad Mirmamadov bilan raqobatlanadi.

Izohlar (0)