Osiyo oʻyinlari-2026: Dzyudodan ilk medal
Jumladan, dzyudo bahslarining -60 kilogramm vazn toifasida bellashayotgan hamyurtimiz Samariddin Qo'chqorov bronza medali uchun tojikistonlik Loiq Kudbudinov bilan kuch sinashdi. Mazkur bellashuvda polvonimiz g'alaba qozondi.
Aichi va Nagoya shaharlarida o'tayotgan XX Osiyo o'yinlarida dzyudo bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi a'zolari ilk medalini qo'lga kiritdi.
Shu tariqa, O'zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar 14 ta oltin, 17 ta kumush va 18 ta bronzaga yetdi.
Darvoqe, birozdan so'ng, dzyudo bahslarida -52 kilogramm vazn toifasida Sita Qadamboyeva finalda Janubiy Koreya vakili Seyun Jang bilan tatamiga chiqadi. -66 kilogrammgacha vazn toifasida Abdurahim Nutfulloev mo'g'ulistonlik Yulk Kazirbievga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar