Osiyo oʻyinlari-2026: Musobaqaning ikkinchi kunida qaysi sportchilarimiz kurashadi?

  • 20.09.2026 23:24
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yaponiyaning Aichi–Nagoya shaharlarida o‘tkazilayotgan XX Osiyo o‘yinlarida 21 sentabr kuni ikkinchi kun bellashuvlari bo‘lib o‘tadi. Unda sportchilarimiz 10 ta yo‘nalishda raqobatlashadi.

Jumladan, kun davomida O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari triatlon, o‘q otish, sport gimnastikasi, stol tennis, MMA, suv polosi, chim ustida xokkey, futbol, 3x3 basketbol va ushu bo‘yicha bahslarda ishtirok etadi.

21 sentabr kuni musobaqada ishtirok etadigan o‘zbekistonlik sportchilar ro‘yxati bilan tanishing:

Triatlon

5:30 — jamoaviy bahs, final.

O‘q otish

5:45 — 10 metrgа miltiqdan — Javohir Sohibov.

6:00 — skit — Ruslan Utaganov, Bekzod Abdurahimov, Behruz Sharapov.

Sport gimnastikasi

6:00 — erkaklar — O‘tkirbek Jo‘rayev, Ravshan Komiljonov.

Stol tennis

6:00 — erkaklar — O‘zbekiston – Mo‘g‘uliston.

8:30 — ayollar — O‘zbekiston – Maldiv orollari.

MMA

7:00 — yarim final — Firdavs Atamuratov – Dastan Kanibek uulu (Qirg‘iziston).

7:40 — yarim final — Hilola Sobirova – Dalin Cheng (Kambodja).

8:40 — yarim final — Nodirbek Shavkatov – Qodirbek Shinbaev (Qozog‘iston).

Suv polosi

10:30 — ayollar — Singapur – O‘zbekiston.

Chim ustida xokkey

11:00 — ayollar — O‘zbekiston – Tailand.

Futbol

12:00 — ayollar — O‘zbekiston – Gonkong.

3x3 basketbol

14:05 — ayollar — Eron – O‘zbekiston.

15:20 — erkaklar — Xitoy Taypeyi – O‘zbekiston.

Ushu

15:00 — saralash — Shahzoda Azatova – Michidma Lxagva (Mo‘g‘uliston).

16:00 — saralash — Abdulhamid Odilov – Mahdi Kermani (Eron).

16:30 — saralash — Avazbek Mahamadjonov - Dajae Jung (Janubiy Koreya).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!