Osiyo oʻyinlari-2026: Yana oltin! Ibodathon raqibalarini koʻtarib urdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Gap shundaki, kurash boʻyicha ayollar oʻrtasidagi -57 kg vazn toifasida hamyurtimiz Ibodathon Agojonova finalda tayvanlik Van-Tin Li bilan raqobatlashdi. Bahsda Ibodathon 3:0 hisobida gʻalaba qozonib Osiyo oʻyinlari gʻolibiga aylandi.

Yaponiyaning Aichi va Nagoya shaharlarida davom etayotgan XX Osiyo oʻyinlarining 27 sentabr kungi bellashuvlarida kurashchilarimiz ikkinchi medalga sazovor boʻldi.

Shu tariqa, Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 36 taga yetib, umumjamoa hisobida toʻrtinchi pogʻonaga koʻtarildi. Ularning 9 tasi oltin, 17 tasi kumush va 10 tasi bronza.

Eslatib oʻtamiz, bir necha daqiqalardan soʻng, Shohruhxon Baxtiyorov Osiyo oʻyinlari chempionligi uchun Tojikiston vakili Shakarmamad Mirmamadov bilan raqobatlashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!