Asosiy mazmunga oʻtish

Osiyo O'yinlar

Osiyo o‘yinlari: Afsus, yana bir bokschimiz musobaqani tark etdi!

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

Boks bahslari qizg‘in pallaga kirib bormoqda.

Osiyo o‘yinlarining bugungi kun dasturidan o‘rin olgan boks bahslari ham start oldi. Xabar berib o‘tganimizdek, bugun 2 nafar vakilimiz ilk janglarini o‘tkazadi.

Ularning dastlabkisi -75 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Aziza Zokirova tailandlik Bayson Manikonga qarshi ringga ko‘tarildi. Murosasiz kechgan bahsda afsuski yurtdoshimiz 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Bu qizlar terma jamoasidagi 2-yo‘qotishimiz bo‘ldi. Kecha, Navbahor Hamidova ham tailandlik raqibasiga imkoniyatni boy berib, musobaqani tark etgandi

Oldinda esa bizni Abdumalik Xalakov ishtirokidagi jang kutib turibdi. 

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q