
Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi nimchorak finalda qaysi jamoa bilan o‘ynaydi?
Osiyo o‘yinlaridan guruh bosqichidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Gongkong o‘yini o‘z nihoyasiga etdi. Uchrashuv 2:1 hisobida Timur Kopadze shogirdlarining g‘alabasi bilan yakunlandi.
Shu tariqa, O‘zbekiston olimpiya termasi guruhdan birinchi o‘rinni egallab, keyingi bosqichga chiqdi. Olimpiyachilarimizga nimchorak finalda Indoneziya termasiga qarshi maydonga tushadi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Indoneziya olimpiya terma jamoalari o‘rtasidagi bahs 28 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar