Osiyo o‘yinlari. Yana qaysi sportchilarimiz bugun musobaqalarda ishtirok etadi? (To‘liq jadval)

  • 29.09.2023 10:18
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Olimpizm

Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlari o‘zining avj pallasiga kirmoqda. Bugun, qaysi sportchilarimiz kurashlarga qo‘shilishi borasidagi savollarga javob berib ketamiz!

29 sentabr1

29sentabr2

Osiyo o‘yinlari. Tongda bo‘lib o‘tgan voqealar dayjesti:

7:10. Triatlon bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada Arslon Tursunov va Aleksandr Kurishovlar ishtirok etdi. Kurishov finalga qadar etib bora olmagan bo‘lsa, Tursunov 1:57:31 soniya natija bilan 8 o‘rinni band etdi.

7:31. 10 metrdan o‘q otish bo‘yicha o‘tkazilgan bahslarda Sitora Ergashboeva ishtirok etdi. Yakunda 561 ochko jamg‘argan atlet 41 o‘rinda musobaqani yakunladi.

7:50. 50 metrga brass usulida suzish bo‘yicha musobaqalarda ishtirokini boshlagan Egor Petryakov o‘z saralash guruhida birinchi o‘rinni oldi, ammo u qayd etgan natija final yo‘llanmasini taqdim etgani yo‘q.

8:40. Qilichbozliknin Sablya yo‘nalishidagi ishtirokini muvaffaqiyatli davom ettirayotgan ayollar terma jamoasini mezbon - Xitoy bilan juda og‘ir kechgan bahsda g‘alaba qozonib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Final bahsi Yaponiya qizlarimizga qarshilik ko‘rsatadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 15:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!