Osiyoga yana bir yulduz kelmoqda

  • 08.06.2020 20:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Manchester Siti” klubi yarim himoyachisi David Silva “shaharliklar” safidagi 10 yillik faoliyatidan so‘ng jamoasini o‘zgartiradi.

Daily Mirror nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 34 yoshli ispan futbolchisiga La Liga va AQShning “Inter Mayami” klublaridan takliflar bo‘lmoqda. Ammo, Silvaga eng yaxshi taklifni Qatarning “Al-Duxail” klubi bildirmoqda. Yanvarda ushbu jamoa o‘z safiga xorvatiyalik hujumchi Mario Manjukichni qo‘shib olgan edi.

David Silva faoliyati davomida Ispaniya terma jamoasi safida Jahon va Evropa chempionligini qo‘lga kiritgan, “Siti” bilan esa 4 marta APL da g‘olib bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!