Osiyolik futbolchi Angliya klubida ko‘rikdan o‘tyapti

  • 30.07.2026 07:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Arsenal”ning yaponiya­lik sobiq himoyachisi Takehiro Tomiyasu ayni paytda Angliya Premier-ligasining boshqa jamoasi “Kristal Pelas”da ko‘rikdan o‘tmoqda.

Yaponiya­lik futbolchi o‘tgan mavsum yakunida “Ayaks” bilan bir yillik shartnomasi tugagach, erkin agentga aylangan. Uning asosiy maqsadi Angliya Premier-ligasiga qaytish hisoblanadi.

Sky Sports ma’lumotiga ko‘ra, “Kristal Pelas” bosh murabbiyi Pyer Saj Tomiyasu­ga imkoniyat berishga qaror qildi va uni Italiyada “Lans”ga qarshi mavsumoldi uchrashuviga olib ketdi.

Tomiyasu 2025 yilda “Arsenal”ni tark etgan bo‘lsa-da, hanuz Londonda yashaydi. Shu bois “Kristal Pelas”ga o‘tishi u uchun juda qulay variant hisoblanadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!