
Oskar De La Xoyyadan virus aniqlandi. Uning o‘rnini esa Evander Xolifild egalladi
11 sentyabr kuni Los-Anjeles shahrida "Golden Boy" nomi bilan mashhur bo‘lgan sobiq jahon chempioni Oskar De La Xoyya ko‘rgazmali jangda Vitor Belfortga qarshi ringga ko‘tarilishi belgilangan edi. De La Xoyyadan Covid-19 aniqlangani sababli u karantinga olindi. Endi o‘sha kuni boshqa bir afsonaviy bokschi Evander Xolifild uning o‘rnini egallaydigan bo‘ldi. Jang kechasi "Triller" kompaniyasi tomonidan tashkil etiladi va pullik translatsiya qilinadi.
Fikrlar