O‘smirlar o‘rtasida Osiyo o‘yinlari. Boks bahslariga qur’a tashlandi

  • 22.10.2025 19:24
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Xabar berganimizdek, 22-31 oktyabr kunlari Bahrayn davlatining Manama shahri o‘smirlar o‘rtasida Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qiladi.

Bugun esa, musobaqaning texnik yig‘ilishi va qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda terma jamoalarimiz murabbiylari Xulio Li Echavarria, Temur Axbaev, Sirojiddin Naimov, Baxtiyor To‘raboev va Eldor Holmatovlar ishtirok etishdi.

Qur’a natijalariga ko‘ra boksichlarimiz o‘zining dastlabki raqiblarini bilib olishdi.

Ma’lumot uchun, Osiyo o‘yinlarining boks bahslarida 31 davlatdan 182 nafar bokschilar qatnashishi rejalashtirilgan. Ulardan 118 tasi yigitlar, qolgan 64 tasi bo‘lsa qizlardan iborat. Musobaqani shaffof va adolatli baholab borish uchun 19 nafar hakamlar taklif etilgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!