Asosiy mazmunga oʻtish

Dzyudo

O‘smirlarimiz dzyudo bo‘yicha Osiyo kubogini umumjamoa hisobida birinchi o‘rin bilan yakunlashdi!

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

Nuzfuzli turnir bo‘lib o‘tmoqda.

27 iyul kuni poytaxtimizda start olgan dzyudo bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo ochiq kubogining dastlabki ikki kunida o‘smirlar o‘rtasida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati. 
Quvonarlisi shundaki, unda ishtirok etgan dzyudochilarimizning 43 nafari shoxsupaga ko‘tarilishga muvoffaq bo‘lishdi. medallar soni bo‘yicha ham sifati bo‘yicha ham vakillarimiz musobaqa peshqadamiga aylanishdi. Quyida natijalar bilan batafsil tanishishingiz mumkin.
1. O‘zbekiston:12 ta oltin, 11 ta kumush, 20 ta bronza;
2. Qozog‘iston: 3 ta oltin, 3 ta kumush, 6 ta bronza;
3. Qirg‘iziston: 1 ta oltin, 1 ta kumush, 1 ta bronza;
4. Turkmaniston: 1 ta kumush, 1 ta bronza;
5. Tojikiston: 4 ta bronza;
Ma’lumot uchun, bugun va ertaga yoshlar o‘rtasida g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi!
Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q