
Oston O‘runov jamoasi bu mavsum o‘z maydonidagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi
"Spartak" Rossiya Premer-ligasi 13-turidan o‘rin olgan bahsda "Rostov" bilan kuch sinashdi. Bellashuv taqdirini 26-daqiqada mehmonlar vakili tomonidan kiritilgan gol hal qildi.
Shu tariqa, Oston O‘runov faoliyat yuritayotgan "Spartak" bu mavsum o‘z uyidagi ilk mag‘lubiyatini tan oldi.
Moskvaliklar 13 o‘yining 6 tasini o‘z maydonida o‘tkazdi. Shulardan 3 tasi g‘alaba, 2 durang va bir mag‘lubiyat.
Quyida "Spartak"ning bu mavsum o‘z uyida qayd etgan natijalari bilan tanishing:
1-tur. "Spartak" - "Sochi" 2:2
2-tur. "Spartak" - "Axmat" 2:0
4-tur "Spartak" - "Lokomotiv" 2:1
6-tur. "Spartak" - "Arsenal" 2:1
10-tur. "Spartak" - "Zenin" 1:1
13-tur. "Spartak" - "Rostov" 0:1
Oston O‘runov jamoasi navbatdagi turni 7 noyabr kuni "Ural"ga qarshi safarda o‘tkazadi.
Fikrlar