Ot izini toy bosar! Yoxud Runining o‘g‘li "Siti" darvozasiga gol urdi

  • 22 mart, 2023, 11:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ueyn Runining 13 yoshli o‘g‘li Kay Runi otasini xursand qildi. U U13 Nord bolalar kubogi doirasida bo‘lib o‘tgan o‘yinda "Manchester Siti" darvozasiga g‘alaba to‘pini kiritdi. Aytish kerakki, Kay Runi ham "Manchester Yunayted"da o‘ynaydi.

Yakunda “qizil iblislar” “shaharliklar”ga qarshi o‘yinda 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. O‘yindan so‘ng Kay ijtimoiy tarmoqlarda medali bilan maqtandi.

Eslatib o‘tamiz, Runining o‘g‘li allaqachon U12 jamoa safida 56 ta gol urib, 28 ta golli uzatmani amalga oshirib, kimligini isbotlab qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!