Asosiy mazmunga oʻtish

Ot sporti

Ot sporti. Uchkurash bo‘yicha mamlakat kubogida kuchlilar aniqlandi

Baxtiyorjon Toshtemirov
Izohlar: 0

Toshkent shahri jamoasi a’zolari sovrindorlar safidan ko‘proq joy oldi.

Poytaxtimizdagi “Universal Horses Stables” ot sporti klubida uchkurash bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bahslari yakuniga etdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Uch kun davom etgan bellashuvlarda Respublikamizning turli hududlaridan kelgan chavandozlar bor mahoratlarini namoyish etishdi. Aytish mumkinki, ob-havoning noqulay kelgani sportchilarning irodasini yana bir karra ko‘rsatib berdi.

Murosasiz bahslar yakuniga ko‘ra, g‘olib va sovrindorlar ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish oldi:

Uzun format:
1. Jasurbek Hotambekov (Toshkent sh.)
2. Alisher Erkinov (Farg‘ona)
3. Muhammaddiyor Raimjonov (Toshkent sh.)

Qisqa format:
1. Maksim Dvoryantskiy (Toshkent sh.)
2. Alisher Erkinov (Farg‘ona)
3. Jasurbek Hotambekov (Toshkent sh.)

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q