Ot sporti. Vakillarimiz Germaniyadagi xalqaro turnirda ishtirok etishadi

  • 5 iyul, 2023, 17:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Ot sporti
CHERY AUTO

6-9 iyul kunlari Germaniyaning Zaltsxauzen shahrida joylashgan mashhur “Luhmühlen Horse Trials” ot sporti majmuasida uchkurash bo‘yicha CCI 2* tasnifiga kiruvchi musobaqa bo‘lib o‘tadi. Ushbu nufuzli turnirda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Muhammaddiyor Raimjonov hamda Alisher Erkinov ishtirok etishadi.

Tecno

Yurtimizda endi rivojlanib borayotgan mazkur yo‘nalish bo‘yicha sportchilarimiz so‘nggi davrda Evropadagi musobaqalarda qatnashib, ulkan tajriba to‘plashmoqda. Zero, Germaniyada o‘tadigan mazkur start ham chavandozlarimiz uchun Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi.

Manba: MOQ

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!