Otabek G‘ulomxo‘jaev: Jamoamizda individual jihatdan kuchli futbolchilar ko‘p

  • 22 may, 2019, 11:45
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida yoshlarimiz ustozi Otabek G‘ulomxo‘jaev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Avvalambor, stadiondagi muhit haqida gapirmoqchi edim. Hammasi yuqori darajada tashkil etildi. Muxlislar biz uchun qoyilmaqom muhitni yaratib berishdi. Buning uchun ulardan minnatdormiz. Hammasi men kutganimdan ham ortiq darajada bo‘ldi. O‘yin yaxshi o‘tdi. O‘ylashimcha, navbatdagi uchrashuvimiz yanada qiziqarli kechadi. Ha, bizda golli imkoniyatlar ko‘p bo‘ldi. Ammo oxirgi zarbani berishda yigitlarga aniqlik etishmadi. Ammo g‘alabaga loyiq bo‘lish uchun o‘sha vaziyatlarda oxirgi zarbani aniq bera olish kerak. Tarkibimizda hali 17 yoshga to‘lmagan 3-4 nafar bolalar ham bor. To‘g‘ri, hujum qilishni uddalayapmiz. Biroq oxirgi zarbani berishda baribir tajriba etishmayapti.

Ammo meni xursand qiladigani, jamoamizda individual jihatdan yaxshi futbolchilar ko‘p. Futbolning chiroyi shundaki, oldingi chiziqdagi futbolchilarning kreativligidan to‘g‘ri foydalanish kerak. Endi Namanganda o‘tadigan o‘yinda tarkibda o‘zgarishlarni qilamiz. Biz 22 nafar o‘yinchi bilan kelganmiz va bugun hammasi bo‘lib 16 ta futbolchi maydonga tushdi. Namanganda esa bugun o‘ynamagan 6 nafar futbolchiga asosiy tarkibda o‘zlarini ko‘rsatish uchun imkoniyat beraman”, - Otabek G‘ulomxo‘jaevning so‘zlarini keltirib o‘tdi O‘FA rasmiy sayti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!