Otabek Narzullaev: "To‘g‘risi, savolingizga javob bera olmayman"

  • 19.04.2026 00:02
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

“Mash’al” borgan sari chuqurlikka tushib boryapti. Bu jamoa chempionatning 8-turini ham yutqazdi. 8 ta o‘yin va 8 ta mag‘lubiyat!

Bu safar muborakliklar “Xorazm”ni qabul qilishdi va 0:1 hisobida imkoniyat boy berildi.

Uchrashuvdan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida “Mash’al” murabbiyi Otabek Narzullaev ishtirok etdi.

- O‘yin asabiy o‘tdi. Futbolchilarga rahmat aytaman. Bor kuchlari bilan harakat qilishdi. Qayerdadir omad kelmadi. Bilmayman, bu nima bilan bog‘liq. Lekin harakat qilishda davom etamiz. Oxirgi nuqtani qo‘yishda oqsayapmiz. Balki gol urganimizda g‘alaba qozonarmidik?! Ko‘ryapsizlar, oxirgi daqiqalarda to‘p qo‘limizga tegadi yoki o‘zimizga-o‘zimiz xato qilamiz. Hayot davom etadi, ishlashda davom etamiz.

- “Mash’al”ni Superligadagi oxirgi g‘alabasi Qarshida “Nasaf” bilan o‘yinda yuz bergan. Shundan beri “Mash’al”da 9 ta mag‘lubiyat va 2 ta durang. Oxirgi nuqtani qo‘yishda Xumoyun Murtazoev yetishmadi, deb o‘ylaysizmi?

- Futbolchilar yaxshi harakat qilishdi. Qayerdadir “Xorazm” darvozaboni yaxshi harakat qildi. Yana qayerdadir ularni himoyachilari yaxshi himoyalanishdi. Bu – futbol, kim gol ursa, shu yutadi. 

- Igor’ Surov masalasi. Bir necha turdan beri jamoani bosh murabbiy sifatida maydonga boshhlab tushyapsiz. Surovni sog‘lig‘idagi muammolari borligi aytildi. Lekin anchadan beri ko‘rinmayapti.

- To‘g‘risi, savolingizga javob bera olmayman.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!