
Otabek Shukurov zaxiradan maydonga tushgan o‘yinda "Fotih Karagyumruk" mag‘lub bo‘ldi
Turkiya kubogi doirasida "Fotih Karagyumruk" - "Istanbul Bashakshexir" uchrashuvi yakunlandi. O‘yinda mexmonlar g‘alaba qozonib keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Dastlab 68-daqiqada Diagne hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 3 daqiqa o‘tar-o‘tmas Merkan o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Uchrashuvning asosiy vaqtida boshqa gol urilmadi. Qo‘shimcha taymlarda ham ikkala tomon bittadan gol urdi. Hisob 2:2. Penaltilar seriyasida Pirlo shogirdlari imkoniyatni boy berdi. Xamyurtimiz Otabek Shukurov esa o‘yinga zaxirdana qo‘shildi va 11 metrlik jarima zarbasida adashmadi.
Shu tariqa, "Istanbul Bashakshexir" Turkiya kubogining chorak finaliga chiqdi
Fikrlar