Otabek Shukurovning keyingi manzili aniq!

  • 01.09.2024 23:29
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

Otabek Shukurovning Turkiyadagi faoliyati o‘z nihoyasiga etib bormoqda. U "Kayserispor"ni tark etyapti. 

"Sports.uz"ga ma’lum bo‘lishicha, yarim himoyachi Saudiya Arabistonining "Al-Feyha" jamoasiga qo‘shilishga yaqin turibdi. Ushbu transfer uchun tomonlar 400 ming evrolik kelishuvga erishgan. Tez orada transfer rasman e’lon qilinishi kutilmoqda. 

Ma’lumot uchun, Shukurov o‘tgan qishda "Kayserispor" bilan shartnoma imzolagandi. Undan oldin esa "Fotih Karagyumruk" tarkibida to‘p tepgan futbolchimiz shu tariqa Evropadan Osiyoga yo‘l oldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!