Otabek Toxirov "ACA 163" turnirida jang qiladi

  • 19 sentabr, 2023, 14:33
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

22 sentyabr kuni Belarusning Minsk shahrida “ACA 163” turniri bo‘lib o‘tadi. Biz uchun ahamiyatli jihati, ushbu jang kechasida hamyurtimiz Behzod Jiyanov hamda Nursulton Ro‘ziboev shogirdi sanaluvchi “Nursulton Team” klubi vakili Otabek Toxirov ham o‘z jangini o‘tkazadi. Aslida, yurtdoshimiz janglarini engil vazn (70,3 kg) toifasida o‘tkazib kelardi. Bu safar oraliq vazn 68 kgda oktagonga ko‘tariladigan bo‘ldi. Unga Rossiya vakili Igor Olchonov raqiblik qiladigan bo‘ldi.

Tecno

Ma’lumot uchun, Otabek Toxirovning rekordi 7-3 bo‘lsa, Olchonovning ko‘rsatkichi 6-3 ko‘rinish olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!