Ovora bo‘lmanng! "Real" va "Liverpul" yuz million evrolik taklif bilan rad javobini oldi
Yevropaning ikki grandi - «Real» va «Liverpul» rahbariyati «Leyptsig» hujumkor futbolchisi Yan Diomande uchun 100 million yevro taklif etdi, ammo nemis klubi bu taklifni rad qildi.
Bu haqida jurnalist Filipp Hintse ijtimoiy tarmoq X da xabar berdi.
Manba ma'lumotiga ko'ra, Diomandega jiddiy qiziqish bildirgan PSJ hozircha rasmiy taklif yo'llamagan.
O'tgan mavsumda Diomanda barcha musobaqalar doirasida 36 o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 10 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Futbolchining amaldagi shartnomasi «Leyptsig» bilan 2030 yil yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, yosh hujumchining bozor qiymati 90 million yevroni tashkil etadi.

Fikrlar