Mikel Oyarsabal: "Lamin Yamalning 18 yoshida qilayotgan ishlari hayratlanarli"

  • 25.06.2026 19:22
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Mikel Oyarsabal jamoadoshi Lamin Yamal haqida iliq fikrlar bildirdi.

"Menimcha, Laminning o‘zi ham hozirgacha erishgan natijalarini to‘liq anglab yetmagan. Tashqaridan qarayotgan odamlar ham uning 18 yoshida nimlarga qodirligini to‘liq tushunib yetmayapti.

Hatto men uning 16 yoshida Yevropa chempionatida ko‘rsatgan o‘yini tasavvur qilishim qiyin. Bu yoshda bunday ishlarni qilish va shunday ta’sir ko‘rsatish juda katta yutuq.

Shuning uchun bizning vazifamiz ham, sizlarning vazifangiz ham, umuman hammaning vazifasi ham unga g‘amxo‘rlik qilishdir. U o‘zini yaxshi his qilishi, qo‘llab-quvvatlanayotganini sezishi kerak.

Chunki bu yoshda barqarorlik va hotirjamlik bo‘lmasa, hamma narsa izdan chiqishi mumkin. Shu bois har birimiz unga bu yo‘lda yordam berishimiz kerak", — dedi Oyarsabal.

Ispaniyalik futbolchi Yamanga maslahat berishdan ko‘ra, uni qo‘llab-quvvatlash muhimroq ekanini ta’kidladi.

"Gap unga aniq bir narsa deyishda emas. Eng muhimi, uning yonida bo‘lish va unga ham, jamoaga ham foydali bo‘ladigan yo‘lni ko‘rsatishdir. Bunda ortiqcha hissiyotlar va mubolag‘alardan qochish kerak".

Mikel Yamal bilan bir jamoada o‘ynash alohida tajriba ekanini ham aytdi.

"U bilan o‘ynash boshqacha hissiyot. Uning maydonda bo‘lishiyoq raqiblarga muammo tug‘diradi. Lamin o‘z harakatlari bilan raqib himoyasida tartibsizlik paydo qiladi.

Biz esa bundan unumli foydalanishga harakat qilishimiz kerak. U yaratayotgan imkoniyatlarni tushunish va ulardan jamoa manfaati yo‘lida foydalanish muhim", — dedi Ispaniya terma jamoasi forvardi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!