O'yin vaqtida kameraga tushib qolgan paragvaylik go'zal modellik agentligidan taklif oldi
Jahon chempionati vaqtida Paragvay terma jamoasi muxlisasi Naiel Agilera Turkiya – Paragvay (0:1) uchrashuvi davomida tribunada kamera ob’ektiviga tushib qoldi.
Ushbu kadrlar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgaч, Agilera mashhurlikka erishdi va modellik agentligidan hamkorlik taklifini oldi.
Bundan tashqari, unga serialda suratga tushish bo‘yicha ham taklif kelib tushgan. Agilera Paragvay televideniesida bergan intervyusida kelajakda Paragvayni «Koinot malikasi» tanlovida namoyish etishni istashini aytdi.
Shuningdek, u nemis, ingliz va ispan tillarida erkin gaplasha olishini, universitetda klinik psixologiya yo‘nalishida birinchi kurs talabasi ekanini ma’lum qildi. Ikkinchi kursda esa hayvonlarni himoya qilish bilan shug‘ullanuvchi tashkilot tuzishni rejalashtirayotganini aytdi.
Muxlislar Agilerani omad ramzi deb hisoblashmoqda — ularning fikricha, u tribunada bo‘lsa, Paragvay albatta g‘alaba qozonadi. Paragvay Jahon chempionatida D guruhida uchinchi o‘rinni egallab pley-offga chiqdi va 1/16 finalda Germaniyani sensatsion tarzda penaltilar seriyasida (1:1, penaltilar — 4:3) musobaqadan chiqarib yubordi.

Fikrlar