O‘z tarixida yoki XXI asrda ilk bor mundialda qatnashayotgan terma jamoalar
Amerika qit’asida, kamida 4 ta debyutant terma jamoaning o‘yinlariga guvoh bo‘lamiz.
AQSh, Meksika va Kanada mezbonligida o‘tajak Jahon chempionatida yangi nomlarga guvoh bo‘lamiz. Ushbu musobaqada Osiyo qit’asi nomidan Iordaniya va O‘zbekiston terma jamoalari debyut qiladi. Shimoliy Amerika vakillari orasida esa Kyurasao vakillari ham ilk bor mundialda ishtirok etmdi. Dik Advokat ushbu davlat futboliga katta o‘zgarishlar olib kelgan ko‘rinadi. Kabo-Verde terma jamoasi ham tarixda ilk bor Jahon chempionatida ishtirok etadi. Bundan tashqari, Erling Xoland 28 yillik tanaffusdan so‘ng Norvegiya terma jamoasini mundialga olib chiqdi. Avstriya va Shotlandiya vakillari ham 1998 yilda Frantsiya mezbonligi ostida o‘tgan musobaqadan keyin, ilk bor ushbu nufuzli turnir yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Gaiti terma jamoasi esa 52 yil degan Jahon chempionati chiptasiga ega chiqmoqda. Biroq ularning muxlislari Amerika Qo‘shma Shtatlari qonunlariga ko‘ra AQShga kira olishmaydi.
Eslatib o‘tamiz, mundialning qur’a tashlash marosimi 5 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar